Dest "Barsa"dan ketishni istamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Kataloniyaning "Barselona" klubi amerikalik himoyachisi Serjino Dest jamoadan ketmoqchi emas.
Ma'lum bo'lishicha, hozirda Dest uchun Chempionlar Ligasida harakat qilayotgan 4 ta klub, jumladan "Chelsi" va "Bavariya"dan takliflar bor, lekin futbolchi Kataloniyada qolishni istaydi.
Avvalroq Xavi Serjinoning harakatlaridan ko'ngli to'lmayotgani, shuning uchun, uni sotishga qarshi emasligi xabar qilingandi.
La Liganing bu mavsumida 21 yoshli Dest 13 o'yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 3 golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349