"Valensiya" darvozabonini to'liq sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Valensiya" gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvilini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ispaniya klubi 21 yoshli gruziyalik futbolchi uchun “Dinamo Tbilisi”ga 850 ming evro to'lashi kerak, deb xabar beradi "Marca".
U bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolanadi. Shuningdek, 220 million evro tovon puli ham belgilab qo'yiladi.
Yozda "Valensiya" Mamardashvilini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan mavsum uchun ijaraga oldi. Ispaniya chempionatida u 6 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 7 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366