"Brayton" Evropa chempionatlari tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Pogoni" hujumchisi Katsper Kozlovski faoliyatini Angliyada davom ettiradi. 18 yoshli hujumchi "Brayton"ga o'tmoqda, deb xabar beradi "The Athletic".
Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini allaqachon hal qilishgan. Ingliz klubi futbolchining transferi uchun 8 million evro to'laydi.
Kozlovski Evropa chempionatlari tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. U 17 yoshu 246 kunligida ilk o'yinini o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373