Arteta bu borada ultimatum qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Nufuzli manbalarning ta'kidlashicha, Per-Emerik Obameyangning Mikel Arteta bilan munosabatlari yaxshi emas.
Murabbiy rahbariyatga ultimatum qo'ygan. Unga ko'ra, rahbariyat gabonlikni qishda sotish kerak.
Avvalroq Arteta futbolchini asosiy jamoa bilan o'yin va mashg'ulotlardan chetlatgandi. Sabablari haqida xabar berilmagan.
Faqat bu intizomiy qoidabuzarlik ekanligi ma'lum bo'ldi. So'ngra Obameyangdan sardorlik bog'ichi olib tashlandi.
Yanvar oyida Per-Emerik maydonga qaytadi, lekin Afrika kubogi doirasidagi o'yin uchun. Futbolchi Gabon terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381