Odil Ahmedov: «Navbahor»ga omad tilayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5977

O'zbekiston terma jamoasi va Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Navbahor"dagi o'zgarishlardan xursand ekanligini yashirmadi.
- "Navbahor" asta-sekin professionalikka qadam qo'yayotganligidan xursandman. "Markaziy" o'yingoh va zaxira maydonlarida ishlar ko'ngildagidek olib borilayapti va barchasi "Navbahor" muvaffaqiyati uchun. O'ylaymanki, Andrey Kanchelskis jamoani yangi marralar sari etaklab boradi. Bu borada jamoaga yangi mavsumda omad tilab qolaman. Albatta, har bir namanganlik futbolchining orzusi "Navbahor"da to'p surish. Shu bois men ham qachondir "Navbahor"ga o'ynashga ulguraman, deb o'ylayman, - deydi Odil Ahmedov.
Obid Naimov tayyorladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279