"Nyukasl" "Real" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

"Nyukasl" klubi "Real" hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, ingliz klubi 24 yoshli serbni transfer qilish bo'yicha hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.
Forvardning madridliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Yovich “Real” safida barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va ikkita golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
436