La Liga. "Valensiya" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Ispaniya chempionati 19-turidan o'rin olgan uchrashuvda “Valensiya” o'z maydonida “Espanol”ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.
O'yinda, “Espanol” 83-daqiqagacha hisobda ortda qolgan bo'lgan bo'lsa-da, keyinroq "ko'rshapalaklar" darvozasiga ikki gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
La Liga, 19-tur
"Valensiya" – "Espanol" – 1:2
Gollar: Alderete, 51 (1:0). Raul de Tomas, 83 - penaltidan (1:1). Puado, 88 (1:2)
Valensiya: Sillessen, Korreya (Irantso, 78), Gilyamon, Alderete, Vass (Koindredi, 85), Vaskes (Pichchini, 67), Soler, Gonsalu Gedesh, Gomes, Elder Koshta (Cheriishev, 84), Duro
Espanol: Diego Lopes, Pedrosa, Kabrera, Gomes, Darder, Bare (Morlanes, 82), Melamed (Xil, 71), Raul de Tomas, Loren Moron (Dimata, 71), Aleysh Vidal (Jofre, 81), Embarba (Puado, 62)

Bosh sahifaga
408