Milik "Yuventus"ga 15 million evroga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

“Marsel” hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
Turin klubi futbolchini ijaraga olmoqchi edi, biroq frantsuz klubi 27 yoshli polyakni faqat sotish haqida o'ylamoqda, deb xabar beradi "Tuttosport".
“Marsel” futbolchini qishda 15 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Milik joriy mavsumda jamoasi safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi. Frantsuz klubi uni "Napoli"dan mavsum oxirigacha ma'lum shartlar asosida sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401