Xavi Dembeledan xafa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Usmon Dembelening jamoani tark etishi ehtimolidan xafa bo'lgan.
Diario Sport jurnalisti Toni Xuanmartining xabar berishicha, 20 dekabr kuni futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasi bo'yicha ikki soatlik yig'ilish bo'lib o'tgan.
O'shanda vingerga Xavi qo'l ostidagi jamoaning asosiy qismiga aylanishi mumkinligini aytishgan. Dembelening o'zi "Barselona"da qolish va o'zini muhim o'yinchi sifatida his qilish istagini bildirgan.
Endi Xavi o'zini aldangandek his qilmoqda. Shu haftada "Barselona" va Dembele o'rtasidagi muzokaralar barbod bo'lgani haqda habar bergan edik.
Manba: www.stadion.uz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
442