Dembelening moliyaviy talablari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Barselona" bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borayotgan Usmon Dembelening moliyaviy talablari ma'lum bo'ldi.
Catalunya Ràdio portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Dembelening agenti Mussa Sissoko futbolchi uchun 30 million maosh, shuningdek, 30 million evro miqdorida bonus puli so'ragan.
Bundan tashqari, Dembelening vakili 15 million evro agentlik xizmati uchun mablag' talab qilgan.
«Barselona» rahbariyatini bu taklif jahlini chiqargan va avvalgi klub prezidenti Jozep Bartomeuning xatosini takrorlamaslikni o'ylashmoqda. Kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchiga kamroq maosh taklif qilgan. Maqsadlarga erishish orqali Usmon Dembele hozirgidan ko'ra ko'proq bonus ishlab olishi mumkin edi.
Qayd etilishicha, agentning talablari Dembelening shaxsiy suhbatlarida mutlaqo zid ekanini aytgan. «Barselona» rahbariyati va Xavi bilan suhbatda Dembele jamoada qolishga rozi ekanligini aytgandi.

Bosh sahifaga
333