Klinsman "Tottenxem"ni boshqarish niyatida ekanligini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yurgen Klinsman «Tottenxem» klubini boshqarish uchun o'z nomzodini taklif qilganini tan oldi. O'shanda Joze Mourino jamoani tark etgandi va "shporlar" murabbiysiz qolishgandi. Keyinchalik ular Nunu Eshpiritu Santuni tayinlashdi, keyinroq esa Antonio Konte bosh murabbiyga aylandi.
«Nomzodlar borasida «Tottenxem» rahbariyatining boshqa rejalari bor edi. Ularning tanlovini hurmat qilish kerak. Biz Deniel Levi bilan suhbatlashgandik. U boshqacha yo'l bilan harakat qilish niyatida ekanligini bildirgandi.
«Tottenxem» men ishlashni xohlaydigan klubi. O'rtamizda unutilmas lahzalar bor. Men bilgan ko'plab insonlar u erda mehnat qiladi. Biz hozirgacha ular bilan aloqadamiz. Shu sababli, kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Bir kun kelib murabbiylikka qaytishni xohlayman. Hozir AQShda ESPN telekanalida futbol o'yinlarini sharhlayapman. Evropada nimalar ro'y berayotganini kuzatib turaman», — dedi Klinsman Four-Four-Two bilan suhbatda.
Qayd etish kerakki, Yurgen futbolchilik paytida «Tottenxem» tarkibida 68 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol kiritgan.

Bosh sahifaga
337