"Yuventus" De Ligtning taqdiriga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Turinning «Yuvenuts» klubi himoyachisi Matteys de Ligt yanvar oyida jamoani tark etmaydi.
Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qilmoqda. «Byankonerlar» rahbariyati niderlandiyalik futbolchi bilan yanvar oyida xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qilgan.
De Ligtning xizmtiga «Barselona», «Tottenxem», «Bavariya» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirishayotgandi. Endi bu klublar futbolchi bilan muzokaralarni 2022 yilning iyun oyida boshlashlari mumkin.
Transfermarkt portali De Ligtning transfer narxini 65 million evro atrofida baholamoqda. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334