"Milan" "Barselona" qiziqayotgan hujumchiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Italiyaning "Milan" klubi "Barselona" qiziqish bildirayotgan hujumchiga ko'z tikmoqda.
"Milan" Shveytsariyaning "Bazel" klubi hujumchisi Artur Kabral uchun kurashga qo'shilganligi haqida Calciomercato portali xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, "rossonerlar" braziliyalik futbolchini 40 yoshli Zlatan Ibragimovich va 35 yoshli Olive Jirularga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
23 yoshli hujumchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Kabral "Bazel" tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol kiritdi va 8 ta golga hammualliflik qildi. Uning transfer narxi 15 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276