"Manchester Siti" futbolchisi bosqinchilarning hujumiga uchradi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

To'rt nafar bosqinchilar Angliyaning "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluga hujum qilishdi va hujum natijasida qimmatbaho buyumlarini o'g'irlab ketishdi. Bu haqda futbolchining o'zi "Instagram"dagi rasmiy sahifasida xabar tarqatdi.
Futbolchi qarshilik ko'rsatishga uringan va buning natijasida jarohat olgan.
"Afsuski, bugun menga va oilamga zarar etkazmoqchi bo'lgan to'rt nafar qo'rqoqlarning hujumiga uchradim. Qarshilik ko'rsatishga harakat qilgansiz shunday bo'ladi. Ular mening barcha qimmatbaho taqinchoqlarimni olib, yuzimni shu ahvolga solishdi. Bilmayman, inson naqadar bunchalik yomon bo'lsa. Men uchun eng asosiysi — bu mening oilam va baxtimga ularga zarar etmadi. Hayotimdagi eng ko'p to'siqlarning biri bo'ldi bu", — deb post qoldirdi Kanselu.


Bosh sahifaga
274