Dani Alves Messining "Barselona"ga qaytishiga umid bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Barselona" himoyachisi Dani Alves hujumchi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytishiga hamon umid qilishini aytdi.
“Messining ketishi og'riqli bo'ldi, klubda muammolar bor edi, uni saqlab qolish qiyin edi. Men uning ketishiga qarshi edim, u tirik afsona. Afsuski, ishlar biz xohlagandek bo'lmadi. Ammo umid qilamanki, u bir kun kelib qaytib keladi va biz birga o'ynay olamiz", - deya Alvesning so'zlarini keltiradi Alkass Sports.
34 yoshli argentinalik yozgi transfer oynasida "PSJ"ga o'tgan edi. Alves mavsum davomida Kataloniya klubiga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265