Ryudiger va "Real" kelishuvga erishish arafasida!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano Twitterda.
Ma'lumotlarga ko'ra, nemis himoyachisi "Real Madrid"ga o'tishga yaqin. Muzokaralar olib borilmoqda, kelishuv yakunlanish arafasida. Agar barchasi yaxshi tugasa, Antonio yozda Madrid klubi safiga borib qo'shiladi.
Qayd etish joiz, Ryudigerga "Real"dan tashqari "Barselona", PSJ va "Bavariya" kabi grand klublardan takliflar bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282