«Barselona» «Yuventus» bilan o'zaro hujumchi alishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Barselona» qishki transferlar oynasida ispaniyalik hujumchi Alvaro Moratani sotib olish uchun gollandiyalik hujumchi Memfis Depayni «Yuventus»ga sotishga tayyor, deb xabar beradi Goal.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning shaxsan o'zi Moratani sotib olishni talab qilmoqda.
Biroq ispaniyalikning transferi amalga oshishi uchun «Yuventus» uning «Atletiko»dagi ijarasini to'xtatib qo'yishi kerak, shundan so'ng «Barselona» «matraschilar» bilan kelishib olishlariga to'g'ri keladi.
Joriy mavsum 27 yoshli Depay «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287