"Borussiya"ning ikki nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Koronavirus uchun topshirilgan testlardan keyin Germaniyaning "Borussiya" (M)ni ikki nafar futbolchisida kasallik aniqlangani haqida klubi matbuot xizmati o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida xabar bermoqda.
Karantinga jamoa himoyachisi Mamadu Dukure va yarim himoyachi Djozef Skallilar yo'l olishdi.
Markus Tyuramda ham koronavirus alomatlari borligi gumon qilingandi, biroq, u shamollagan bo'lib chiqdi.
"Borussiya" (M)ning 18-turdagi uchrashuvi 7 yanvar kuni Myunxenda "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245