«Barsaelona» Dembeleni yanvar oyida sotib yuborishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Usmon Dembelening taqdiri haligacha noma'lum bo'lib turibdi.
Frantsiyalik futbolchi va kataloniya klubi yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti.
Diario Sport nashrining yozishiga qaraganda, agar Usmon Dembele shartnomani uzaytirishni xohlamasa, u holda «Barselona» yanvar oyida uni sotib yuboradi.
Kataloniyaliklar yangi transferlar uchun Dembele borasida kelib tushadigan istalgan taklifni ko'rib chiqishga rozi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Dembele uchun «Borussiya» (D) klubiga 105 million evro to'lab bergandi.
Kelasi yilning yozida frantsiyalik futbolchi erkin agentga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260