"Barselona"ni de Ligtni istalgan summaga sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

"Barselona" "Yuventus" markaziy himoyachisi Matteys de Ligtning transferi borasida optimistik fikrda.
La Gazette dello Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchining shartnomasidagi 125 million evro miqdoridagi tovon pulidan cho'chimayapti.
Potensial transfer bo'yicha muzokaralarda 22 yoshli niderlandiyalikning o'zi "Kamp Nou"ga o'tish istagi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.
Joriy mavsumda de Ligt 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430