"Barselona"da yana koronavirus. Umumiy kasallanganlar soni 10taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Barselona" jiddiy koronavirus epidemiyasini boshidan kechirmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Filippe Koutino, Serjino Dest va Abde Ezzalzulining testi ijobiy chiqqan. Har uchala futbolchi ham uyda o'zlarini izolyatsiya qilishmoqda.
Shu tariqa, “Barsa”ning 10 nafar futbolchisi koronavirusga chalindi. Oldinroq himoyachilar Xordi Alba, Dani Alves, Kleman Langlet, Samuel Umtiti va Aleks Balde hamda yarim himoyachilar Usmon Dembele va Gavida kovid aniqlangan edi.
"Barselona" navbatdagi o'yinini 2 yanvar kuni o'tkazadi. Kataloniya klubining raqibi "Malorka" bo'ladi.
Manba: www.sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423