"Chelsi" futbolchisi APL rahbariyatini keskin tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi va sardori Jorjino "Boxing Day"dagi ishtiroklar va APL rahbariyati besh nafar futbolchi almashtirishga ruxsat bermayotgani haqida fikr bildirdi.
"Juda qiyin, chunki, bizning dam olishimizga vaqt yo'q. Biz har uch kunda maydonga tushishga majburmiz va atigi uch nafar futbolchi almashtirish huquqiga egamiz. Bizning chempionatda besh nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berilmasligi - dahshatli! Mening fikrimcha, bu o'ta ketgan ahmoqlik! Biz nimadir qilishimiz kerak, agar shu tarzda davom etsak, jarohat ortirgan futbolchilar soni keskin oshib ketadi va bu o'yin sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ehtimol, APL rahbariyati bu haqda o'ylab ko'rar", – Jorjinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia nashri.

Agar qaysidir futbolchi bizning milliy chempionatda PFL rahbariyatini tanqid qilsa, o'ylab o'tirmasdan moliyaviy jarimaga tortiladi)

Bosh sahifaga
427