"Arsenal" afsonasi jamoa "Everton" hujumchisini sotib olish kerak deb hisoblaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Li Dikson yanvar oyidagi xaridlar uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U "Everton" futbolchisini eng yaxshi variant deb hisoblaydi:
"Men Kalvert-Lyuinni "Arsenal"da ko'rishni istagan bo'lardim. O'ylashimcha, jadvaldagi yuqori o'rinlar uchun kurashda sizga Xoland kabi saviyali hujumchilar kerak bo'ladi. Menimcha, "Arsenal"ga o'tish, Kalvert-Lyuin uchun ham oldinga qadam bo'lardi. Menga uni o'yinlari yoqadi. Unda katta potentsial bor. U kuchli jangchi, vaziyatlarni zo'r yakunlaydi. Men uni sotib olgan bo'lardim".
24 yoshli ingliz hujumchisi 150ta APL bahsida 43ta golga mualliflik qilgan. Hozirda "Everton" hujumchini 60 million funtga baholamoqda.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364