"Yuventus"ga hujumchi taklif qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

"Marsel" hujumchisi Arkadiush Milik "Yuventus"ga taklif qilindi, deb yozadi italiyalik jurnalist Nikolo Skira Twitter sahifasida.
Manba bergan xabarga ko'ra, polyak yanvar oyidayoq "Marsel"ni tark etishi mumkin. U avvalroq “Napoli” safida A Seriyada o'ynagan. "Yuventus" Paulo Dibalaning jarohati tufayli o'ziga forvard qidirmoqda.
27 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Marsel” safida barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi. Frantsuz klubi uni "Napoli"dan mavsum oxirigacha ijaraga olgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392