"Barselona" "Borussiya" futbolchisi bilan tekinga shartnoma tuzmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi etakchi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning Twitterda xabar berishicha, Zakariya Myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga mavsum oxirida erkin agent sifatida klubni tark etish rejasini aytdi.
"Barselona" va boshqa ko'plab klublar uning agenti bilan aloqada. Hali hech narsa kelishilmagan, qaror qabul qilinmagan.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli shveytsariyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliganing 15 o'yinida maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388