Nasri: "Manchini "Manchester Siti" futbolchilarini hurmat qilmasdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Angliyaning "Manchester Siti" klubi sobiq futbolchisi Samir Nasri jamoaning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Roberto Manchini bilan "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda tortishib qolganini yodga oldi.
"Birinchi bo'limda u menga e'tiroz bildirishda davom etdi. Men undan to'htatishi so'radim. Agar o'yinimdan qoniqish hosil qilmayotgan bo'lsa, almashtirib yuborishini aytdim. Tanaffusdan maydonni tark etmoqchi bo'ldim. Kiyinish xonasida butsalarimni echdim va yonimda o'tirgan Yahyo Turega, agar yana bir marta men bilan yomon gaplashsa, yuziga butsam bilan urishimni aytdi. Manchini "Manchester Siti" futbolchilarini hurmat qilmasdi.
Men uni so'kdim va bir necha kunga Parijga ketib qoldim. Bir necha kundan keyin "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda zahirada qoldirildim. Klubimiz prezidenti biz bilan uchrashgani Abu-Dabidan etib keldi va Manchiniga agar men yaxshi formada bo'lsam, maydonga tushishimni aytgandi", — dedi Nasri.

Bosh sahifaga
431