"Napoli" "Roma" himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Rimning "Roma" klubi himoyachisi Federiko Fasioga Italiyaning "Napoli" klubi qiziqish bildirayotgani haqida Sportitalia nashri xabar tarqatmoqda.
"Napoli" qishki transfer bozorida o'z himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi. Shu sababli, Fasio bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Neapolliklar argentinalik himoyachini jamoani tark etayotgan Kostas Manolas va jarohat olgan Kalidu Kulibaliga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Fasioni "Roma" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsum 34 yoshli himoyachi "Roma" tarkibida maydonga tushgani yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426