Pul hal qilmaydigan ishni ko'pgina pullar hal qiladi: Umtiti APLga ko'chib o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishga yaqin turibdi deya xabar bermoqda Marca nashri.
"Nyukasl" o'z himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida, yanvar oyida Umtitini qo'lga kiritmoqchi va bu borada "Barselona"ga rasmiy taklif tayyorlab qo'ydi. "Qarg'alar" frantsiyalik himoyachi uchun 17 million funtdan voz kechishga tayyor.
Avvalroq, "Nyukasl" Umtiti uchun 5 million funt taklif qilgandi, biroq, "Barselona"dan rad javobini olgandi.
28 yoshli himoyachining xizmatiga "Fenerbaxche", "Milan" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Joriy mavsum Umtiti "ko'k-anorranglilar" tarkibida atigi bitta uchrashuv o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386