Ganalik Gyan vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Niderlandiyaning "Feyenoord" va Gana terma jamoasi sobiq futbolchisi Kristian Gyan 43 yoshida vafot etdi.
"Feyenoord" klubining rasmiy sayti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Gyan uzoq muddat saraton kasalligi bilan kurashgan va 29 dekabr kuni vafot etdi.
Qayd etish kerakki, Gyan "Feyenoord" tarkibida uchta sovrinni qo'lga kiritgan: UEFA Kubogi, Niderlandiya chempionligi va mamlakat Superkuboki. Shuningdek u Gana terma jamoasi safida 23 marta maydonga tushgan.
U futbolchilik faoliyatini 2011 yili yakunlagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367