"Bavariya" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Turinning "Yuventus" yarim himochchisi Deyan Kulusevski yanvar oyida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Evropaning bir nechta top-klublari 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmoqda. Bular - «Tottenxem», «Arsenal» va «Bavariya» klublari.
Shvetsiyalik futbolchini anchadan beri myunxenliklar kuzatib kelishayotgani haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
«Yuventus» klubi Kulusevskini qishda sotish niyatida emas, biroq, 35-40 million evro atrofida taklif tushib qolsa, o'ylab ko'rishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319