Azmun "Sevilya"ning taklifiga rad javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Rossiyaning "Zenit" klubi hujumchisining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Match TVning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Sankt-Peterburg shahriga Ispaniyaning "Sevilya" klubi sport direktori Ramon Monchi etib kelgandi.
Manbaning yozishiga qaraganda, "Sevilya" klubi sport direktori Monchi eronlik hujumchini Ispaniyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishga harakat qildi, biroq, Azmun bu taklifga rad javob berdi.
Xabarda aytilishicha, Azmun La Ligaga emas, balki, Angliya yoki Germaniya chempionatlariga ko'chib o'tishni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, uning "Zenit" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334