Rafinya "Lids" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Angliyaning "Lids" futbolchisi Rafinya Dias jamoasi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Garchi, futbolchiga Evropaning top-klublaridan qiziqishlar bo'layotgan bo'lsa-da, "Lids" o'zining braziliyalik futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas va uzoq muddatli yangi shartnoma taklif qilayotganligi borasida The Athletic xabar tarqatmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi, biroq, "Lids" rahbariyati Rafinyani bo'layotgan qiziqishlardan himoya qilmoqchi.
Avvalroq, Rafinyaga "Liverpul" va "Bavariya"dan jiddiy qiziqishlar bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341