"Barselona" yarim himoyachisi bilan muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Kataloniya klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Niko Gonsales katta ehtimol bilan jamoada qoladi, deya xabar berdi "Sky Sports" telekanali.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" va Niko yana kelishuvni 5 yilga uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda. Yaqin orada kelishuv rasman e'lon qilinadi.
Qayd etish joiz, 19 yoshli yarim himoyachi La Liganing joriy mavsumida 15 o'yinda ishtirok etib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304