UFC chempioni Neymar bilan uchrashdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyra o'zining Instagram sahifasida yangi post joylashtirdi va u erda hamyurti, "PSJ" hujumchisi Neymar bilan uchrashuvi haqida sharx qoldirdi.
"Hammasi uchun rahmat, do'stim. Xudo sizni doimo asraydi. Keling, cho'qqiga chiqishda davom etaylik", deb yozdi Oliveyra.

Oliveyra rossiyalik Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganidan so'ng UFC kamarini amerikalik Maykl Chandlerni mag'lub etib, qo'lga kiritdi.
Charlz oxirgi jangini AQSh vakili Dastin Pore bilan o'tkazdi. To'qnashuv UFC 269 musobaqasida bo'lib o'tdi va Oliveyraning bo'g'ish orqali g'alabasi bilan yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303