«Chelsi» Chilluelga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Londonning «Chelsi» klubi «Ayaks»ning argentinalik himoyachisisi Nikolas Talyafikoga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano Tvitterida.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi argentinalik futbolchini Ben Chiluelga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Benning tizzasida og'ir jarohati bor va u yaqin orada maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsum 29 yoshli Talyafiko «Ayaks» safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279