Shaxmat. Bugun blits bo'yicha jahon chempionati boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

17 yoshli Nodirbek Abdusattorov kecha, jahon shaxmat ommasi uchun kutilmaganda, rapid yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Polshada o'tkazilayotgan turnirda bugun yanada tezroq yo'nalish — blits bo'yicha JCh boshlanadi.
Ushbu turnir 21ta partiyadan iborat bo'ladi va shveytsarcha tizimda o'tkaziladi. Bugun 12ta, ertaga esa 9ta partiya o'tkaziladi. Har yarim soatda bittadan o'yin o'ynaladi.
Bitta o'yin uchun har bir sportchiga umumiy 3 daqiqa vaqt va bitta yurish uchun qo'shimcha 2 soniya vaqt beriladi. Bahslar mana shunday tezkorlik bilan o'tkaziladi.
Bugungi o'yinlar Toshkent vaqti bilan 19:00, ertangi bahslar esa 20:00da boshlanadi. Ertangi bahslar yakunlanganidan so'ng g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
Blitsda ishtirok etadigan o'zbekistonlik shaxmatchilar — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Jahongir Vohidovga omad tilaymiz.

Bosh sahifaga
278