"Barselona" himoyachisi "Chelsi"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Londonning “Chelsi” klubi “Barselona”ning amerikalik himoyachisi Serjino Destga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi tizzasidan olgan og'ir jarohati tufayli olti oyni o'tkazib yuboradigan himoyachi Ben Chilvelga o'rinbosar sifatida amerikalik futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda 21 yoshli Dest “Barselona” safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295