Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov chempionlik tojini kiygan eng yosh jahon chempioniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi. Unda 17 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Shu tariqa Abdusattorov ushbu yo'nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi.
Ta'kidlash joiz, 13 turdan so'ng 4 nafar shaxmatchi 9.5 ochko jamg'arishdi. Bunday vaziyatda g'olibni aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi. Ushbu bosqichda ham Abdusattorov raqiblaridan omadli chiqib, o'z nomini shaxmat tarixiga yozdirib qo'ymoqda.
Ma'lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2004 yil, Rustam Qosimjonov klassik yo'nalishda jahon chempionligini qo'lga kiritgan yil tavallud topgan.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273