"Toronto" Belottini ham o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Toronto" "Torino" hujumchisi Andrea Belotti hizmatlariga qiziqib qolgan va futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio. MLS klubi Belottining turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanishidan foydalanmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum yakunida "Torino"ni tark etishga qaror qilgan.
Belotti 2021/22 yilgi mavsumda Turin klubi safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq, "Napoli" hujumchisi Lorentso Insine Kanada klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olganligi xabar qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337