"Atalanta" eronlik hujumchiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148
42
"Zenit" hujumchisi Serdar Azmun "Atalanta" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar qilmoqda "Sky Sports Italia".
Biroq italyan klubi futbolchining ehtimoliy yuqori maoshidan xavotirga tushib qolgan. Azmun Rossiyada mavsumda taxminan 3,5 million evro oladi, Atalanta esa yiliga atigi 1,8-2 million evro taklif qilishi mumkin.
Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hujumchining Peterburg klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Oldinroq "Lion" 26 yoshli eronlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336