Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov — jahon chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid yo'nalishida jahon chempionligi uchun Nodirbek Abdusattorov va rossiyalik Yan Nepomnyashchiy o'rtasidagi tay-brek bosqichi bo'lib o'tdi. Bu bosqich blits yo'nalishida o'tkazildi.
Qur'aga ko'ra Abdusattorov qora donalarda o'ynaydi va durang natija qayd etdi.
Nodirbek oq donalarda ajoyib hujumkor o'yin namoyish etdi. Vatandoshimiz tezkor shaxmatchi kuchli ekanini namoyish eta oldi. Vaziyat teng bo'lib turgan paytda Abdusattorov piyodasini farzinga olib chiqdi va ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi.
Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov rapid yo'nalishida jahon chempionini unvonini qo'lga kiritdi. Tabriklaymiz!
Hamyurtimiz endi blits yo'nalishida o'z omadini sinab ko'radi.

Bosh sahifaga
323