Rasman! Nodirbek Abdusattorov rapid yo'nalishida jahon chempioni!!!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo'nalishlari bo'yicha FIDE jahon chempionatida rapid yo'nalishi bo'yicha musobaqa yakunlandi.
13-turda Nodirbek Abdusattorov polshalik shaxmatchi Yan Kshishtof Duda bilan, AQSh vakili Fabiano Karuana rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan, norvegiyalik Magnus Karlsen esa yana bir amerikalik shaxmatchi Xikaru Nakamuraga bilan durang o'ynadi.
Natijada biryo'la 4 shaxmatchi bir xil ochko jamg'ardi. Yakuniy natijalarga ko'ra tay-brekda Abdusattorov Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib bordi va 1,5-0,5 hisobida g'alabaga erishib, rapid yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
Biz Nodirbekni mana shu ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz!!!
Manba: minsport.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339