Kilian Mbappe: “Men mavsumni "PSJ"da yakunlayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi haqida gapirdi, shuningdek, ushbu mavsumda frantsuz klubi bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritish niyati borligini ma'lum qildi.
- Karlo Anchelotti "Real Madrid" yozda kimnidir sotib olish uchun bu qishda hech kimni sotib olmasligini aytdi. Siz bo'lasizmi?
- Yo'q. Men emas . yanvar oyida, yo'q. “PSJ”da o'ynayapman va bundan juda xursandman. Mavsumni shu erda yakunlayman - 100%.
Chempionlar ligasi, Liga 1 va Fransiya kubogini yutish uchun bor kuchimni sarflayman. Muxlislar bunga munosib bo'lganidek zavq olishlarini istayman. “PSJ” bilan yirik g'alabaga loyiqman, deb o'ylayman.
Bu kelajak haqida gapirishning vaqti emas. Men faqat Chempionlar ligasida "Real"ni mag'lub etish haqida o'ylayapman. Biz tayyormiz. “PSJ” uchun o'ynashga va borimni berishga tayyorman. Men klub bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman, - dedi Mbappe.

Bosh sahifaga
323