Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov durang o'ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Hozirgina rapid bo'yicha jahon chempionatining 11-turi nihoyasiga etdi. Unda Nodirbek Abdusattorov juda qiyin jangda rossiyalik Vladimir Fedoseev bilan durang o'ynadi. Nodirbekning vaziyati nihoyatda og'ir edi, kompyuter dasturlari oqlarning 99% lik g'alabasini baholab turgandi. Ammo oxirida hamyurtimiz raqibining xatosidan unumli foydalanib, murakkab vaziyatdan chiqib keta oldi va durang qayd etdi.
11 ta partiyadan so'ng Nodirbek 8,5 ochko bilan hamon peshqadam bo'lib turibdi. Yan Nepomnyashiyda ham shuncha ochko bor.
Abdusattorovning keyingi raqibi — 15 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju. Nodirbek yana qora donalarda o'ynaydi. Gukesh hozircha 8 ochko to'plagan va peshqadamlarni ta'qib qilib kelmoqda.

13-tur bahsi ham bugun bo'lib o'tadi hamda g'olib va sovrindorlar nomi aniq bo'ladi.

Bosh sahifaga
342