Shevchenko jamoasida ham virus yuqtirganlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

“Jenoa” himoyachisi va sardori Domeniko Krishitoda COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Bu haqda futbolchining o'zi Instagram'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Krishitoning ta'kidlashicha, u koronavirusga qarshi vaktsinaning ikki dozasini olgan, ammo bu unga muammodan xalos bo'lishga yordam bermagan. Domeniko ikkinchi marta COVID-19 ga chalinganini aytgan.
Krishito izolyatsiyaga yuborildi. Katta ehtimol bilan u 6 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Sassuolo"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341