Nodirbek Abdusattorov: «Ajoyib g'alabaga erishdim, deb o'ylayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo'nalishlari bo'yicha FIDE jahon chempionatining 10-turida hamyurtimiz — 17 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lub etgani haqida xabar bergandik. O'zbekistonlik shaxmatchi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ajoyib g'alabaga erishdim, deb o'ylayman. Keyingi turlarda yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. O'zimni yaxshi his qilyapman, ishtiyoq yuqori", — dedi Abdusattorov.
Eslatib o'tamiz, Nodirbek Abdusattorov 10ta o'yindan keyin 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy hisobida ham shuncha ochko mavjud. Hamyurtimiz navbatdagi bahsda rossiyalik Vladimir Fedoseevga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Ushbu raqib 7 ochko bilan jadvalda 12-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur jahon chempionatining mukofot jamg'armasi 350 ming dollarga teng bo'lib, dastlabki 3ta o'rinni egallagan sportchilar mos ravishda 60.000, 50.000 va 40.000 dollar miqdorida sovringa ega chiqadi.

Bosh sahifaga
341