"Sampdoriya" klubi yangi prezidenti nomini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

28 dekabr kuni "Sampdoriya" rasmiy saytida Marko Lanna klub prezidenti etib tayinlangani haqida e'lon qildi.
Lanna sobiq futbolchi va "Sampdoriya" tarbiyalanuvchisi. Sobiq himoyachi ushbu klubda 1987-1993 va 2002 yillarda o'ynagan. Klub bilan u chempionlik, ikki marta kubok va bir marta Italiya Superkubogi, Kubok egalari kubogini qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.
Klub prezidenti sifatida u moliyaviy jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanib hibsga olingan Massimo Ferrero o'rnini egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324