Shaxmat. Abdusattorov qay tarzda Karlsenni engdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo'nalishlari bo'yicha FIDE jahon chempionatining 10-turida hamyurtimiz — 17 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda shaxmatning klassik yo'nalishida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lub etgani haqida xabar bergandik.
O'yin so'ngida Nodirbek piyodasini farzinga chiqarishga yaqin keldi. Natijada Magnus qiyin ahvolga tushib qoldi. Abdusattorov farzinlarni almashtirishni taklif qilganidan so'ng Karlsen mag'lubiyatni tan oldi. Quyidagi videoda sportchilarning so'nggi yurishlari aks etgan. Karlsenning mag'lubiyatini sharhlovchilar ham hayrat bilan kutib olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328