“Atalanta” Miranchukni “Verona”ga ijaraga berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Atalanta" va "Verona" o'yinchi almashishi mumkin, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.
Manbaga ko'ra, bergamoliklar klubi yozda "Verona" jamoasi yarim himoyachisi Antonin Barakni sotib olmoqchi, evaziga esa rossiyalik Aleksey Miranchukni bermoqchi.
Oldinroq Miranchukga "Jenoa" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Rossiyalik futbolchining “Atalanta” bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Transfermarkt portali yarim himoyachini 13,5 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Miranchuk Italiya klubi safida barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339