"Navbahor" o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Antaliyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Jamoa yangi bosh murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.
Namangandagi mazkur yig'in 20-28 dekabr kunlari o'tkazildi va unda mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi.
Yangi yil munosabati bilan “Navbahor” a'zolari qisqa muddatli ta'tilga chiqishadi hamda 2022 yilning 5 yanvar kuni Toshkentda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tishadi va 6 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketishadi.
“Lochinlar”ning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida tarkibga yangi futbolchilarning qo'shilishi, shuningdek, bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328